Vazirlar Mahkamasining 14-sentabrdagi qarori bilan O‘zbekiston tibbiyot oliy ta’lim muassasalari klinikalari va respublika klinik kasalxonalarini Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi bilan hamkorlikda zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha loyihani amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Norma’ning qayd etishicha, mazkur loyihani amalga oshirish uchun 2015-yil 19-martida O‘zbekiston tomoni va Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi o‘rtasida 24 yillik muddatga (4 yillik imtiyozli davri bilan birga) umumiy qiymati 21,5 million dollarga teng zaym shartnomasi imzolangan.
Hukumat qarori bilan loyihaning texnik-iqtisodiy hisobi hamda asosiy qarzni so‘ndirish va u bo‘yicha foizlarni to‘lab borishning prognoz jadvali tasdiqlangan.
Qarorda belgilanishicha, loyiha doirasida sotib olinadigan materiallar va uskunalar yetkazib berilguniga qadar ular o‘rnatiladigan inshootlarda tegishli tayyorgarlik ishlari olib borilishi kerak.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)