Angliya chempionati 5-turida “Manchester Yunayted” safarda “Uotford” mehmoni bo‘lib, 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu “MYu”ning so‘nggi sakkiz kun ichida ketma-ket uchinchi mag‘lubiyati bo‘ldi.
“Sports.ru”ning xabar berishicha, navbatdagi omadsizlikdan so‘ng mankunianlar bosh murabbiyi Joze Mourinyo Manchesterga klub avtobusida emas, balki poyezdda qaytishga qaror qildi.
Xabarda qayd etilishicha, shu tariqa portugaliyalik mutaxassis bo‘lajak o‘yinlar haqida ko‘proq fikr yuritishni istagan.
Uotforddagi poyezd bekatida “MYu” futbolchilarini ko‘rib hayratlangan muxlislar ular bilan suratga tushib, dastxat oldi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)