Zambiya shimolidagi Serenje shahrida ro‘y bergan YTH oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Politsiya ma’lumotlariga qaraganda, 69 kishini olib ketayotgan avtobus haydovchisi muyulishda boshqaruvni qo‘ldan chiqargan, buning oqibatida mashina ag‘darilib ketgan. 21 kishi voqea joyida halok bo‘lgan.
Keyinroq shu yaqindan o‘tib ketayotgan yuk mashinasi yo‘l politsiyasi va qutqaruv xizmatlari avtomobillariga urildi. Buning oqibatida ushbu idoralarning uch xodimi halok bo‘ldi.