Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida davom etayotgan XV yozgi Paralimpiada o‘yinlarining beshinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasi ikki nafar a’zosi bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Erkaklar o‘rtasida 400 metrga erkin usulda suzish bahslarining final bosqichida ishtirok etgan Dmitriy Xorlin 4:06.63 daqiqalik natijani qayd etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Pauerlifting bo‘yicha -80 kilogramm vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasida ishtirok etgan Ahror Bozorov 207 kilogrammli toshni ko‘tarib, musobaqaning bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Ayni damda O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi hisobida 6 ta oltin, 4 ta kumush va 13 ta bronza medali mavjud.
Izoh (0)