NASA Bennu asteroidiga uchib borib, undan tuproq namunasini olib qaytishi lozim bo‘lgan OSIRIS-REx kosmik qurilmasini uchirdi. Meduza xabariga ko‘ra, qurilmani 9-sentabr kuni Atlas V raketasi fazoga olib chiqdi.
Bennu asteroidi Quyosh atrofida — Venera va Mars oralig‘ida va Yerga nisbatan yaqin — aylanadi. Katta ehtimol bilan, ushbu asteroid kelasi asr boshida Yerga kelib urilishi mumkin.
“Osiris” qurilmasi asteroidga 2018-yilda yetib boradi. U asteroidga qo‘nmaydi, balki unga robotlashtirilgan “qo‘lini” uzatib, undan tuproq namunasini oladi.
Reja bo‘yicha, “Osiris” asteroid tuprog‘i namunasini 2023-yilda Yerga yetkazishi kerak.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)