Suriya shimolida IShID ekstremistik guruhi tomonidan Turkiya harbiy kuchlariga tegishli tankka hujum qilinishi oqibatida uch nafar harbiy halok bo‘ldi, yana biri yaralandi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Avvalroq Turkiya HHK IShID tomonidan foydalanilgan to‘rtta binoni yo‘q qilgandi.
Turkiya 24-avgust kuni Suriya shimolida “Frot qalqoni” nomli operatsiyani boshlagan edi. Operatsiyaning maqsadlaridan biri IShID va Kurdiston ishchi partiyasiga qarshi kurashishdan iborat. Sentabr oyi boshidan buyon Turkiya hukumati 6 harbiyning halok bo‘lgani, 9 nafari esa jarohatlangani haqida ma’lum qildi.
3-sentabr kuni Turkiya qo‘shinlari operatsiya hududini kengaytirib, yana bitta tanklar kolonnasi va og‘ir artilleriyani olib kirdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)