O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan tasviriy san’at maktabining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Tasviriy san’at maktabida dastlab to‘rt sinfda oltmishga yaqin o‘quvchi tahsil olgan bo‘lsa, bugunga kelib olti sinfda yuzdan ziyod o‘g‘il-qiz tasviriy san’at, kashtachilik, gilamdo‘zlik va tikuvchilik sirlarini o‘rganmoqda. 330 o‘ringa mo‘ljallangan uch qavatli yangi bino qurilishiga 6 milliard 350 million so‘m sarflandi. “Qaraqalpaqjolmars servis qurilis” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan bunyod etilgan inshootda zamonaviy sharoitlar yaratilgan.
Maktabning sobiq o‘quvchisi Oynura Sarekeyeva chizgan “Qoraqalpoq milliy to‘yi” kartinasi 2007-yilda Hindistonda o‘tkazilgan “Shankar” xalqaro bolalar rasmlari ko‘rgazmasida, “Qoraqalpoq qizi” kartinasi esa 2008-yili Yaponiyada o‘tkazilgan XI xalqaro bolalar rasmlari ko‘rgazmasida yuksak e’tirofga sazovor bo‘lgan. Sog‘lom ona va bola yilida maktab o‘quvchilari O‘rolboy Jartiboyev va Dinora Ametova “Tasviriy va amaliy san’at” festivalida g‘olib bo‘ldi.
Izoh (0)