Gvatemala poytaxtidan janubda joylashgan Vilya-Nuyeva munitsipalitetida ko‘chki yuz berishi oqibatida to‘qqiz kishi qurbon bo‘ldi, yana to‘rt kishi jabrlandi. Bu haqda Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf qilish milliy muvofiqlashtirish markazi vakili David de Leon 7-sentabr, chorshanba kuni jurnalistlarga ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Hozirgi paytga qadar tabiiy ofat oqibatida ikki nafar bola halok bo‘lgan. Qutqaruvchilar ko‘chkidan so‘ng g‘oyib bo‘lgan sakkiz yoshli o‘g‘il bolani qidirmoqda.
Hukumatning ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlar ko‘chki yuz bergan paytda uyida bo‘lgan. Jala natijasida yuzaga kelgan ko‘chki oqibatida ularning ustiga beton devor va furgon qulab tushgan.
Bir nechta binolar vayron bo‘lgan. Qutqaruvchilar 30 ga yaqin oilani evakuatsiya qilgan.
Izoh (0)