Eron kuch tuzilmalari mamlakat shimoli-g‘arbida 12 nafar jangaridan iborat guruhni yo‘q qildi. Bu haqda Eron razvedka va milliy xavfsizlik vazirligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Mamlakat ichkarisida dushman hujumlarini uyushtirishni maqsad qilgan, Saudiya Arabistoni va boshqa mintaqalararo mamlakatlar tomonidan ko‘mak olgan 12 kishidan iborat guruh yo‘q qilindi”, — deyiladi bayonotda.
Serdshet tumanida yo‘q qilingan jangarilarning yonida o‘qotar qurollar bo‘lganligi ta’kidlanmoqda.
Izoh (0)