Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatida joylashgan Dnepr shahri Rossiyadagi birodar shaharlar bilan aloqalarini uzdi. Bu qarorni shahar kengashi deputatlari qabul qildi, deb xabar beradi “RBK”.
Qarorni 33 deputat yoqlab chiqdi.
Shahar meri Boris Filatovning so‘zlariga qaraganda, bu muhim siyosiy qaror bo‘ldi.
Hujjatga muvofiq, Ulan-Ude hamda Krasnoyarsk bilan birodarlik munosabatlari, shuningdek, Samara bilan hamkorlik kelishuvi to‘xtatildi.
Izoh (0)