Turkiyada mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni haqorat qilishda ayblanib qo‘lga olingan barcha fuqarolar qo‘yib yuborildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Advokat Husayn Oydinning Hurriyet nashriga bildirishicha, mamlakat prezidenti fuqarolarga qarshi kiritilgan shikoyat arizalarini qaytarib olishga qaror qilganidan so‘ng ular ozod etildi.
Bu qaror natijasida o‘n kishi ozodlikka chiqdi.
Ayni paytda Erdo‘g‘onga nisbatan ochilgan 4 mingta ish ko‘rib chiqilmoqda.
Izoh (0)