Yamanda “Al-Qoida” guruhining 6 nafar jangarisi AQShning uchuvchisiz uchar qurilmasining aviahujumi oqibatida yo‘q qilingani taxmin qilinmoqda. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, AQShning ehtimoliy uchuvchisiz uchar qurilmasi Yamanning Marib viloyatidagi uylardan birida berkinib o‘tirgan “Al-Qoida” ekstremistik guruhining 6 a’zosini yo‘q qildi.
Biroq AQSh qurolli kuchlarining Markaziy qo‘mondonligi ushbu xabarni tasdiqlamadi. “Biz voqeadan xabardormiz va uni o‘rganyapmiz. Hozircha boshqa hech qanday qo‘shimcha ma’lumot bera olmayman”, – deya ma’lum qildi matbuot xizmati vakili.
So‘nggi oylarda AQSh qurolli kuchlarining Markaziy qo‘mondonligi Yaman osmonida jangovar va razvedkachi uchuvchisiz uchar qurilmalar yordamida bir necha bor aksilterror operatsiyalarini o‘tkazgan.
Izoh (0)