Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida 2016-yilgi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan Ispaniya terma jamoasining uch nafar paralimpiyachisi tunab ketildi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
Ko‘ngilsiz hodisa paralimpiya shaharchasida yuz berdi. Noma’lum shaxslar sportchilar xonasida xizmat xodimi sifatida kirib, qariyb 350 yevroni o‘g‘irlab ketdi. Jabrlanganlar politsiyaga murojaat qildi.
Xabarda qayd etilishicha, jinoyatchilar qo‘lga olindi, ammo o‘g‘irlangan pullar ularning yonidan topilmadi.
Ma’lumot uchun, Rio–2016 Paralimpiya o‘yinlari 7–18-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston sharafini 32 nafar sportchi himoya qiladi.
Izoh (0)