2-sentabr kuni bir qator gazetalarda, shuningdek, O‘zAda Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning sog‘lig‘i haqidagi axboroti chop etildi.
“Avval xabar qilinganidek, davlatimiz rahbari Islom Abdug‘aniyevich Karimov o‘tgan shanba kuni insult kasalligi bilan davolanishga yotqizilgan edi.
Aziz vatandoshlar, chuqur qayg‘u bilan shuni ma’lum qilamizki, o‘tgan sutkada Prezidentimizning sog‘lig‘i birdaniga yomonlashdi va shifokorlar vaziyatni o‘ta og‘ir deb baholamoqda”, — deyiladi “Xalq so‘zi” gazetasida chop etilgan axborotda.
Izoh (0)