Rossiya Yadro sinovlarini taqiqlash haqidagi kelishuv kuchga kirgunga qadar 1991-yilda bu kabi sinovlar uchun joriy etilgan moratoriyga rioya etadi. Buning uchun boshqa yadro mamlakatlari ham sinovlarga shu kabi munosabatda bo‘lishi lozim. Bu haqda Rossiyaning BMT huzuridagi doimiy vakili o‘rinbosari Pyotr Ilyichyov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Yadro sinovlarini taqiqlash haqidagi kelishuv kuchga kirgunga qadar moratoriyga o‘z ixtiyori bilan rioya etish muhim chora hisoblanadi. Rossiya uni 1991-yilda joriy etgan va boshqa yadro mamlakatlari ham unga amal qilgan taqdirda bundan keyin ham unga rioya etadi”, — dedi diplomat.
Ilyichyovning so‘zlariga qaraganda, Yadro sinovlarini taqiqlash haqidagi kelishuv qabul qilinganiga 20 yil o‘tganligiga qaramasdan, hali ham kuchga kirmagan. Uning taqdiri kelishuvni ratifikatsiya qilmagan sakkizta mamlakatning qo‘lida bo‘lib, bular yadro quroliga ega yoki uni yaratish imkoniyatiga ega bo‘lgan davlatlardir (Misr, Isroil, Hindiston, Eron, Xitoy, KXDR, Pokiston va AQSh).
Izoh (0)