1961-yildan beri birinchi tijoriy aviareys AQShdan Kubaga yo‘l oldi. JetBlue aviakompaniyasi samolyoti Fort-Loderdeyldan (Florida) 31-avgust, 19:00 atrofida parvoz qildi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.
Havo kemasi parvozi bir soatga yaqin davom etdi va Kubadagi Santa-Klara aeroportiga qo‘ndi. Airbus A320 bortida AQSh transport vaziri va JetBlue rahbarlari borligi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, 2014-yilda Barak Obama ma’muriyati Kuba bilan 50 yildan oshiqroq avval uzilgan diplomatik aloqalarni tiklashga qaror qildi. Shu yil martida AQSh prezidenti 88 yil mobaynida birinchi bor orol-davlatga tashrif buyurdi.
Izoh (0)