JCh—2018 3-saralash bosqichining 1-turida maydonga tushish uchun Suriya milliy terma jamoasi Toshkentga yetib keldi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati tashkilotning Telegram’dagi kanalida ma’lumot berdi.
Tungi soat 1 da suriyaliklarning poytaxtga tashrif buyurgani ma’lum qilinib, jamoa futbolchilarining Toshkentdagi fotosurati unga ilova qilingan.
O‘zbekiston va Suriya termalari ishtirokidagi bellashuv 1-sentabr kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 20:00 da start oladi.
Izoh (0)