Eron Yamanga qurol-yarog‘ yetkazib bergani haqidagi ayblovlar hech qanday asosga ega emas. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarifning 26-avgust kuni tarqatilgan bayonotida ma’lum qilindi, deb xabar beradi “TASS”.
Ilgariroq AQSh davlat kotibi Jon Kerri Eron Yamandagi isyonchi xusiylarga raketalar yetkazgani haqida aytib o‘tgandi. Muhammad Javod Zarifning bayonoti bu iddaolarga javob bo‘ldi.
“Bunday ayblovlar asossizdir. Shubhasiz, oxirgi bir yarim yil ichida Saudiya Arabistoni Yamanda o‘t ochishni to‘xtatish yo‘lidagi barcha sa’y-harakatlarni yo‘qqa chiqargani janob Kerriga hammadan ko‘ra yaxshi ma’lum. AQSh Saudiya Arabistoni tomonidan Yamanda begunoh shaxslarga qarshi amalga oshirilayotgan jinoyatlarning sherigidir. AQSh ma’muriyati allaqachon Iroq va Suriyada yo‘l qo‘yilgan xatolardan xulosa chiqarib, mavjud reallikni qabul qilishi lozim edi”, — deyiladi bayonotda.
Izoh (0)