Shveysariyaning Lozanna shahridagi Sport arbitraj sudi (CAS) Rossiya termasiga 7–18-sentabr kunlari Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etishga ruxsat bermadi. CAS Xalqaro paralimpiya qo‘mitasining rossiyaliklarga nisbatan qo‘llagan qaroriga apellyatsiyasini qoniqtirmadi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”.
Avvalroq Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi rossiyalik imkoniyati cheklangan sportchilarni xalqaro musobaqalardan chetlatishga qaror qabul qilib bo‘lgandi. Bunga asosiy sabab sifatida Xalqaro antidoping agentligi (WADA)ning mustaqil komissiyasi rahbari Richard Maklaren tomonidan sportdagi doping haqida taqdim qilingan hisoboti ko‘rsatilmoqda.
Sport arbitraj sudi mojaroga aloqador har ikki tomonning fikrini tingladi. Avvaliga CAS rossiyaliklarni apellyatsiyasini qondirishi kutilgandi. Ammo hakamlar Xalqaro paralimpiya qo‘mitasining dalil-isbotini asosliroq deb hisobladi.
Izoh (0)