AQShning Ogayo shtatida ochiq osmon ostidagi konsert vaqtida avtomobil olomon ustiga haydab ketildi. Bu haqda Associated Press agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Hodisa 21-avgust, yakshanba kuni Parma shahrida yuz berdi. 74 yoshli haydovchi ayol avtoturargohdan chiqib ketayotganda tormoz pedalini gaz pedali bilan adashtirib yubordi.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, haydovchi ayol raqs maydonchasiga chiqib ketdi va olomonga urildi.
Xabarda qayd etilishicha, halokatdan so‘ng uch nafar jarohatlangan kishiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatildi. Olti kishi shifoxonaga yotqizilgan, shulardan ikki nafari jiddiy jarohatlar olgan.
Izoh (0)