Rio—2016 Olimpiadasining erkin kurash sport turida o‘zbekistonlik Ixtiyor Navro‘zov bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Medal uchun jangda u mo‘g‘ulistonlik Ganzorigiyn Mandaxnaranga qarshi gilamga chiqdi. Bellashuv yakuniga 5 soniya vaqt qolganida hisobda oldinda borayotgan mo‘g‘ulistonlik sportchi raqibidan ochiqchasiga qocha boshlagani uchun hakamlar Navro‘zovga 1 ball berishga qaror qildi.
So‘nggi ball o‘zbekistonlik sportchi tomonidan qo‘lga kiritilgani uchun u bronza medalini qo‘lga kiritdi. Hakamlarning bu qaroridan va shogirdining qochishidan achchiqlangan mo‘g‘ulistonlik murabbiylar protest bildirib, kiyimlarini birin-ketin gilamga ota boshladi. Ularning bu harakati Rio—2016 Olimpiadasining 21-avgust kuni mavzusiga aylandi.
Izoh (0)