AQSh prezidenti Barak Obama 23-avgust, seshanba kuni kuchli suv toshqinidan jabrlangan Luiziana shtatiga tashrif buyuradi. Bu haqda 19-avgust, juma kuni Oq uy matbuot kotibi Joshua Ernest ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Matbuot kotibi tomonidan tarqatilgan yozma bayonotda aniqlik kiritilishicha, Amerika rahbari Baton-Ruj shahriga yo‘l oladi. Ernestning ta’kidlashicha, Obama tomonidan ushbu qaror uning maslahatchilari tavsiyasiga ko‘ra qabul qilingan.
Obama suv toshqinining vayronkor oqibatlarini shaxsan ko‘rish, mansabdor shaxslarning ko‘rilayotgan choralar, jumladan, federal hukumat jabrlangan aholiga qanday qo‘shimcha ko‘mak berishi mumkinligi haqidagi hisobotini tinglash, shuningdek, Luiziana aholisini ular qo‘llab-quvvatlanishiga ishontirish istagida.
Izoh (0)