• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Avto

    Avtomobillardan voz kechishni rejalashtirayotgan 10 ta shahar

    Bir muddat ilgari Parij meriyasi shaharliklarni bir haftaga avtomobillardan foydalanmaslikka chaqirgani ma’lum bo‘ldi. Ammo shunday shaharlar borki, ular avtomobillardan butunlay voz kechishni rejalashtirmoqda.

    Foto: East News

    Foto: East News

    Urbanistlar va turli soha ekspertlari atrof-muhitni zaharlayotgan zararli chiqindilar miqdorini kamaytirish hamda piyodalar va muqobil transport vositalari egalariga qo‘shimcha qulayliklar yaratish choralarini ko‘pdan buyon izlamoqda. Ayrimlar faqat velosipedlarni amalda qoldirishni taklif qilsa, ba’zi birovlar har qanday transport vositasini taqiqlash kerak degan fikrda.

    “Xaytek” shahar infrastrukturasini piyodalar foydasiga o‘zgartirayotgan 10 ta shahar haqida ma’lumot berdi.

    Oslo, Norvegiya

    Foto: East News

    Foto: East News
    2019-yilga qadar Osloda shahar markaziga mashinalar kirishi butunlay taqiqlanishi kutilmoqda. Olti yildan keyin esa taqiq butun mamlakat bo‘ylab joriy etiladi. Norvegiya poytaxti jamoat transportiga investitsiyalar kiritadi, shuningdek, 56 kilometr avtomobil yo‘llarini velosiped yo‘llariga almashtiradi.

    Madrid, Ispaniya

    Foto: East News

    Foto: East News
    2020-yilga kelib avtomobillar Madrid markazidagi 500 akr hududga kiritilmay qo‘yiladi, 24 ta ko‘cha esa piyodalar uchun qaytadan jihozlanadi. Shahar ma’muriyati barqaror mobillikni rivojlantirish rejasini ishlab chiqqan bo‘lib, bu har kunlik avtomobil transporti ishlatilishini 29 foizdan 23 foizga qisqartirish imkonini beradi. Yangi tartibdan norozi haydovchilar kamida 100 dollar miqdorida jarimaga tortiladi, ekologiyaga zarar keltirayotgan avtomobillar egalari esa avtoturargohlar uchun boshqalardan ko‘ra ko‘proq pul to‘laydi.

    Chendu, Xitoy

    Foto: East News

    Foto: East News

    Chikagolik me’morlar Edrian Smit va Gordon Jill Chendu uchun yangi aholi yashash tumani rejasini ishlab chiqdi. Ushbu tumanda piyoda yurish avtomobilda yurishdan ko‘ra qulayroq va yoqimliroq bo‘ladi. Ko‘chalar shunday loyihalashtiriladiki, bir nuqtadan ikkinchi nuqtagacha piyoda borishga 15 daqiqadan ko‘p vaqt sarflanmaydi.

    Shahar ko‘chalarining 50 foizi avtomobillardan ozod qilinadi. Loyiha 2020-yili realizatsiya qilinishi kutilayotgan edi, lekin zonalashtirish bilan bog‘liq muammolar tufayli muxlat orqaroqqa surildi.

    Gamburg, Germaniya

    Foto: East News

    Foto: East News
    Ushbu shaharda piyoda va velosiped qatnovlari harakatlanishning asosiy ko‘rinishlariga aylanishi mumkin. Yaqin 20 yil ichida Gamburg avtomobillar qatnovini cheklaydi, ayrim zonalar esa faqat piyodalar va velosipedchilar uchun ochiq bo‘ladi. Shuningdek, shaharda biridan ikkinchisiga mashinasiz borish mumkin bo‘lgan zonalar tarmog‘i yaratiladi. Bu hududlar tarkibiga bog‘lar, bolalar va sport maydonlari, qabristonlar kiradi. 2035-yilga kelib bu tarmoq Gamburgning 40 foizini qamrab olishi kutilmoqda.

    Kopengagen, Daniya

    Foto: East News

    Foto: East News

    Bugungi kunda Daniya poytaxti aholisining yarmidan ko‘prog‘i har kuni ishga velosipedda boradi. Kopengagenda 320 kilometrlik veloyo‘llar mavjud, shaxsiy avtomobillarga egalik ulushi bo‘yicha esa shahar Yevropadagi eng past darajalardan birini qayd etgan.

    Kopengagenda qurilishi kutilayotgan velomagistral poytaxtni atrofdagi punktlar bilan bog‘laydi. 2014-yilda 28 ta yangi trassa ochilgan edi, 2018-yil oxiriga qadar esa yana 11 ta shunday trassa paydo bo‘ladi.

    Parij, Fransiya

    Foto: East News

    Foto: East News

    2014-yilda Parijda bir kunga juft sonli raqamga ega avtomobillarda yurish taqiqlangan edi, buning natijasida shaharda havo ifloslanishi darajasi 30 foizga kamaydi. Endilikda ma’muriyat shahar markaziga avtomobillar kirishini cheklash haqida o‘ylamoqda. Iyul oyidan buyon shahar markaziga 1997-yildan oldin ishlab chiqarilgan mashinalar kirishi mumkin emas.

    2020-yilga kelib shaharda veloyo‘llar soni ikki barobarga ko‘payadi, alohida ko‘chalar faqat elektromobillar qatnoviga moslashtiriladi. Bundan tashqari, Parijda muntazam ravishda avtomobilsiz kunlar o‘tkazib kelinadi.

    London, Buyuk Britaniya

    Foto: East News

    Foto: East News
    2020-yildan boshlab Angliya poytaxtida dizel yoqilg‘isidagi avtomobillar yurishi man etiladi. Ayni paytda bunday mashinalar shaharning ayrim ko‘chalaridan o‘tishi mumkin, xolos.

    Bryussel, Belgiya

    Foto: East News

    Foto: East News

    Shahar markazidagi aksariyat ko‘chalar har doim faqatgina piyodalarga mo‘ljallangan edi.

    2002-yildan beri shaharda mobillik kunlari o‘tkazib kelinadi, bunda aholi shaxsiy avtomobillardan voz kechib, jamoat transportidan foydalanadi. Sentabrda Bryussel markazida bir kunga avtomobil qatnovi butunlay taqiqlanadi. Bundan tashqari, yaqinda katta xiyobonlardan biri piyodalar zonasiga aylantiriladi. 2018-yildan esa Belgiya poytaxtida 1998-yildan oldin ishlab chiqarilgan dizelli mashinalar qatnovi cheklanadi.

    Mexiko, Meksika

    Foto: East News

    Foto: East News
    Joriy yilning aprelida Mexiko hokimiyati markazga kiruvchi mashinalar miqdorini cheklab qo‘ydi. Taqiq haftaning ikki kunida, shuningdek, qo‘shimcha ravishda oyiga ikki shanba amal qiladi. Taqiq 2 million avtomobilni qamrab oladi, shu yo‘l bilan Meksika poytaxtida smog to‘planishi kamaytiriladi.

    Nyu-York, AQSh

    Foto: East News

    Foto: East News

    Ushbu shaharda avtomobillar qatnovini cheklash yoki taqiqlash rejalari ilgari surilmayotgan bo‘lsa ham, piyodalar zonalari soni va veloyo‘llar uzunligi muntazam ravishda o‘sib bormoqda.

    Ayrim hududlar, jumladan, Tayms-skver, Xerald-skver va Medison-skverga faqat piyodalar kirishi mumkin. Shahar makonining bir qismi ba’zi kunlarda avtomobillardan tozalanadi.

    19.08.2016, 23:38   Izoh (0)   57250
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Kanalga tushib ketgan Matiz

    19.08.2016, 13:48

    Toshkentda Mustaqillik shoh ko‘chasining Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasi va Hamid Olimjon maydoni oralig‘idagi qismi vaqtincha yopildi

    19.08.2016, 12:21

    Toshkent halqa avtomobil yo‘lida “Gazel” mikroavtobusi ag‘darilib ketdi

    19.08.2016, 11:54

    Video: Buxoroda Matiz bilan to‘qnashgan Spark uchib ketdi

    18.08.2016, 14:15

    Foto: Toshkentning ba’zi ko‘chalarida katta tirbandliklar yuzaga keldi

    18.08.2016, 12:40

    Foto: Toshkent markazida Mercedes-Benz Conecto Low Floor avtobusida yong‘in yuz berdi

    18.08.2016, 12:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Isoril G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45

    Dunyoning eng boy 5 sportchisi: Ronaldo, Messi va boshqalar milliardlarini nimaga sarflaydi?

    Layfstayl | 8 may, 20:25

    “Ota-bobolarimizning Ikkinchi jahon urushi yillarida ko‘rsatgan sabot va matonati biz uchun hamisha ibrat maktabi, kuch va ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi” — Sha...

    O‘zbekiston | 8 may, 20:10

    Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi (foto)

    O‘zbekiston | 8 may, 20:00

    Alberta Kanadadan ajralib chiqish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda

    Dunyo | 8 may, 19:55

    Nega sulton Sulaymon Ibrohimni qatl etgan: “Muhtasham yuz yil” serialida yoritilmagan tafsilotlar

    Kino | 8 may, 19:40

    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud

    Reklama | 8 may, 19:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.