Futbol bo‘yicha JCh–2018 turniriga saralashning uchinchi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasining Burkina-Fasoga qarshi o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yinini Sherzod Qosimov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ushbu xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida Qosimovga qanotlarda Ma’mur Saidqosimov hamda Ruslan Serazitdinov yordam beradi. To‘rtinchi hakam sifatida bu o‘yinga Dmitriy Pislegin tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, Burkina-Fasoga qarshi uchrashuv 24-avgust kuni, “Paxtakor” stadionida, soat 20:00 da boshlanadi.
Izoh (0)