Rio—2016 ning 52 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shahobiddin Zoirov chorak final chiptasini qo‘lga kiritdi.
1/8 finalda amerikalik Antonio Vargasga qarshi ringga chiqqan Shahobiddin raqibini dastlabki ikki raunddayoq mag‘lub etib, chorak final masalasini hal qilib qo‘ygandi.
Shahobiddin Zoirov turnirdagi ishtirokini 1/16 finaldan boshlab, Rio-de-Janeyrodagi birinchi jangida irlandiyalik Brendan Irvinni mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘lgan.
O‘zbekistonlik sportchi chorak final jangini 17-avgust kuni o‘tkazadi.
Izoh (0)