Samsung kompaniyasi Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada uchun Galaxy S7 Edge smartfonlarining Olimpiada ramzlari tushirilgan maxsus modifikatsiyasini cheklangan adadda ishlab chiqardi. Ushbu smartfonlar barcha ishtirokchilarga bepul taqdim etildi. Ammo Shimoliy Koreya sportchilari sovg‘aga ega bo‘lmadi. Bu haqda, TechCrunch’ga asoslanib, “Hi-Tech.Mail.ru” xabar bermoqda.
Rejaga ko‘ra, Olimpiya o‘yinlarining 12500 sportchisi Galaxy S7 Edge Olympic Games Edition smartfonlarini olishi lozim edi. Radio Free Asia’ning bildirishicha, Shimoliy Koreya Olimpiya qo‘mitasi amaldorlaridan biri terma jamoaga mo‘ljallangan 31 smartfonni qabul qilib oldi. Ammo uskunalar sportchilarga yetib bormagani ma’lum bo‘ldi.
Taxmin qilinishicha, smartfonlardan bosh tortilishi siyosiy sabablarga ega. Gap shundaki, KXDR Samsung vatani bo‘lgan Janubiy Koreya bilan urush holatida. Lekin bu borada biror rasmiy bayonot berilmadi.
Izoh (0)