KXDR poytaxti Pxenyan shahridagi radiostansiya suxandoni bir necha daqiqa davomida shifrlangan xabarlarni efirda uzatdi. Xabarlar Janubiy Koreyada ushlab olindi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
“.... 509-betdagi 68 raqami” kabi ma’lumotlar xabarni jo‘natayotgan va xabarni qabul qilib olayotgan odamlarda mavjud kitobning betidagi so‘zga manba sifatida xizmat qiladi. Bu safar suxandon bunday xabarning o‘qilishi masofaviy ta’lim universitetining tinglovchilari uchun kerakli xabarni berish bilan izohladi.
Avvalroq Pxenyan Janubiy Koreyada ishlaydigan KXDR radvedka xizmati xodimlariga ma’lumot yetkazish uchun bunday amaliyotni qo‘llagan.
So‘nggi marotaba Janubiy Koreyada bunday ma’lumotlarni 16 yil avval ushlab olishgan.
Izoh (0)