Rio—2016 Olimpiadasining 12-avgust kungi musobaqalarida O‘zbekiston sharafini 11 nafar sportchi himoya qiladi.
Shularning 4 nafari boks ustalari bo‘lib, Hasanboy Do‘stmatov final uchun, Xurshid Tojiboyev esa medallar uchun kurash olib boradi.
Dzyudo sportchilari orasida eng tajribalisi deya e’tirof etilgan Abdulla Tangriyev 12-avgust sanasida O‘zbekiston delegatsiyasining medallarini yana 1 taga ko‘paytirish uchun gilamga chiqadi.
Bugun yengil atletikachilar va trampolin ustalari ham musobaqalarga kirishadi. Riodagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli turniri qoldirilgan eshkakchi Shahboz Xolmirzayev 13—24-o‘rinlar uchun suzib ko‘radi.
Boks
Hasanboy Do‘stmatov (-49 kg)Raqib: Fernandes Niko Angel (AQSh)Bosqich: Yarim finalVaqt: 20:00 — 20:30Yodgoroy Mirzayeva (-51 kg)Raqib: Bujold Mandi (Kanada)Bosqich: 1/8 finalVaqt: 19:15
Xurshid Tojiboyev (-60 kg)Raqib: Konkekao Robson (Braziliya)Bosqich: Chorak finalVaqt: 20:45 — 21:00
Bektemir Meliqo‘ziyev (-75 kg)Raqib: Deniyel Lyuis (Avstriya)Bosqich: 1/8 finalVaqt: 03:15 (13-avgust)
Dzyudo
Abdulla Tangriyev (+100 kg)Raqib: Sua Derek (Samoa)Bosqich: Dastlabki raunddan finalga qadarVaqt: 18:00 — 21:00 va 23:30 — 01:40Yengil atletika
Sitora HamidovaYo‘nalish: 10 000 metrga yugurishBosqich: FinalVaqt: 19:10Yekaterina TunguskovaYo‘nalish: 10 000 metrga yugurishBosqich: FinalVaqt: 19:10
Yekaterina VoroninaYo‘nalish: Yetti kurash (100 metrga yugurish, balandlikka sakrash, bosqon uloqtirish, 200 metrga yugurish)Vaqt: 17:35 va 18:50
Nigina SharipovaYo‘nalish: 100 metrga yugurishBosqich: Dastlabki musobaqa va 1-raundVaqt: 17:35 — 18:07 va 19:55 — 20:20
Izoh (0)