O‘zbekistonlik dzyudochi Abdulla Tangriyev Rio—2016 Olimpiadasining chorak finaliga yo‘l oldi.
100 kilogrammdan og‘irroq vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasidagi musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Abdulla Tangriyev birinchi jangida samoalik sportchini ippon bahosi bilan taslim qilgandi. Ikkinchi jangida u ruminiyalik Daniel Natyaga imkoniyat qoldirmadi.
“Olamsport” ma’lumotiga ko‘ra, Tangriyev medallar uchun kurash bo‘ladigan navbatdagi jangini qirg‘izistonlik Yuriy Krakovetskiyga qarshi o‘tkazadi.
Izoh (0)