Rossiyalik sobiq suzuvchi, London–2012 Olimpiadasining sovrindori Yevgeniy Korotishkin 2016-yilgi Olimpiada o‘yinlarining poytaxti Rio-de-Janeyro shahrida qurollangan talonchilik ostida qolib ketdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Tushlik qilish uchun “Astor” restoraniga ketayotganimda Ipanema plyaji hududida ikki noma’lum kimsa tomonidan talonchilik ostida qoldim. Ahvolim yaxshi ekanini ma’lum qilishga shoshilyapman. Bo‘lajak avlod uchun ajoyib hikoya evaziga cho‘ntagimda borini berib yubordim. Qimmat emas, ammo hayajonli voqea”, – deya yozdi sportchi.
Qayd etish joiz, Yevgeniy Korotishkin 2015-yilning aprel oyida professional faoliyatini tugatgan edi. U 2012-yilgi London Olimpiadasida 100 metrga batterflyay uslubida suzishda kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.
Izoh (0)