Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xonanda Sardor Mamadaliyev o‘g‘illi bo‘ldi. Bu haqda xonandaning ma’muri Najmiddin Hamidov jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

Foto: Instagram / @mashhur_yulduzlar_oilasi

Foto: Instagram / @mashhur_yulduzlar_oilasi

“Kecha, 9-avgust kuni Sardor Mamadaliyev o‘g‘illi bo‘ldi. Xudoga shukr, hozirgi vaqtda Toshkentdagi Respublika akusherlik va ginekologiya ilmiy amaliy markazida bo‘lib turgan onaning ham, bolaning ham ahvoli yaxshi, sog‘-salomat”, — dedi xonandaning ma’muri.

“Darakchi.uz” xabariga ko‘ra, yangi tug‘ilgan chaqaloqqa Temurbek deb ism qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, Sardor Mamadaliyev 2015-yilning 12-oktabr kuni — aktyor Akbarxo‘ja Rasulov bilan bir kunda oila qurgan edi. Bir muddat avval, 14-iyul kuni Akbarxo‘ja Rasulov ham ota bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi