Xitoylik sayyoh deyarli ikki hafta davomida o‘z vaqtini Germaniyadagi muhojirlar markazida o‘tkazdi. Mahalliy hukumat rasmiylari uni mamlakatga qochoq sifatida kelgan deb hisobladi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Qayd etilishicha, 31 yoshli erkak faqatgina ona tili – mandarin (Xitoyning asosiy dialekti)da so‘zlagan. Shtutgart aeroportida sayyoh tunab ketildi va u ariza o‘rniga qochoqlar uchun maxsus tayyorlangan formani to‘ldirdi.
Erkakning pasporti olib qo‘yilib, Dortmundga jo‘natildi va u yerda qochoq sifatida rasmiylashtirildi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tgan Xitoy fuqarosi Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqdan kelgan muhojirlar bilan Dyulmendagi markazga yuborildi.
Xatolikni markaz direktori aniqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xitoyliklar kamdan-kam holatda qochoq maqomiga da’vogarlik qiladi. Shuningdek, qochoqlarning kiyim-boshi boshqacha bo‘ladi.
Direktor mobil dastur va qo‘shni xitoy restorani xodimlari yordamida sayyohga nima bo‘lganini aniqladi. U pasportni qaytarib olib, sayohatini davom ettirish istagini bildirdi. Sayyoh Fransiya va Italiyani ko‘rishni xohlagan edi.
Izoh (0)