Qualcomm kompaniyasining Android-qurilmalar uchun mo‘ljallangan chiplarida zaiflik aniqlandi, u xakerlarga pochta, messenjerlar va bank dasturlariga kirish imkoniyatini berishi mumkin, deb yozadi TJournal.
Isroilning Checkpoint kompaniyasi ma’ruzasida aytilishicha, hujumga Android’da ishlaydigan 900 millionta qurilma duchor bo‘lishi mumkin. Ular orasida, masalan, Samsung Galaxy S7 va S7 Edge, BlackBerry Priv, Google Nexus 5X, 6 va 6P, HTC One M9 va HTC 10, LG G4, G5, Sony Xperia Z Ultra va boshqa smartfonlar bor.
Qualcomm chipidagi zaiflik xakerlarga zararlangan qurilmalarga nisbatan root-huquqlar berishi, WhatsApp va elektron pochtadagi yozishmalarni o‘qish, shuningdek, bank dasturlari parollarini bilib olish imkonini berishi mumkin.
Hozircha xakerlar zaiflikdan foydalanishga ulgurgan-ulgurmagani noma’lum, ammo kompaniya muammoni tuzatishda yordam beruvchi patchlarni chiqargan.
Google vakili ma’lum qilishicha, xavfsizlik tizimining so‘nggi yangilanmasini yuklab olgan Android-qurilmalar foydalanuvchilari aniqlangan to‘rtta bagning uchtasidan himoyalanib bo‘lgan.
Izoh (0)