Samolyot va dirijabl chatishmasi — Airlander 10 birinchi marta angardan chiqdi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Uning uzunligi 92 metr bo‘lib, u dunyodagi eng katta havo kemasi hisoblanadi.
Ilk marotaba uni omma Britaniyaning Bedforshir grafligidagi Kardington shahrida ko‘rdi. Airlander 10’ning birinchi parvozi esa shu oyda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Airlander 10 loyihasi dastlab Amerika armiyasi uchun ishlab chiqildi, biroq 2012-yildan buyon Hybrid Air Vehicles kompaniyasi unga qiziqib qolmagunicha, muzlatib qo‘yildi.
Kompaniya chatishma kemani qurishga 25 million funt sterling sarfladi hamda Yevroittifoq va Britaniya hukumatidan sinov parvozlari uchun zarur litsenziyalarni qo‘lga kiritdi.
Kema Hybrid Air xo‘jayining rafiqasi sharafiga Marta Gvin deb nomlandi. Uning bortiga 48 kishi sig‘adi, tezligi esa soatiga 74 kilometrga yetadi, shu bilan birga, u masofadan turib boshqariladi.
28,3 ming kub metr geliy tufayli, havoda besh sutkagacha qolishi mumkin.
Izoh (0)