Yamanning Laxj provinsiyasida xudkush terrorchi boshqargan avtomobilning portlashi oqibatida 10 nafar harbiy halok bo‘ldi, yana 18 nafari yaralandi. Bu haqda “Sinxua” agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Hududda faoliyat olib boruvchi jangari guruhlardan hech biri hozircha hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.