Xalqaro paralimpiya qo‘mitasining prezidenti Filipp Kreyven Rossiya paralimpiya qo‘mitasining a’zolik maqomi haqidagi qo‘mita qarorini e’lon qilish uchun 7-avgust, yakshanba kuni Rio-de-Janeyroda matbuot yig‘ilishi o‘tkazadi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Avvalroq Rossiya paralimpiya qo‘mitasi a’zolikni to‘xtatish uchun hech qanday asos yo‘qligini ma’lum qilgan edi.
“Rossiyalik paralimpiyachilar musobaqalar davomida ham, mashg‘ulotlar chog‘ida ham muntazam qat’iy aksildoping nazoratidan o‘tib turgan. Sochidagi Paralimpiya o‘yinlari oldidan rossiyalik sportchilar doping nazoratidan asosan chet elda o‘tgan”, — deyiladi xabarda.
22-iyul kuni Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi Rossiya paralimpiya qo‘mitasining a’zoligini to‘xtatish ehtimolini ko‘rib chiqayotganligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)