Rio–2016 Olimpiadasining dastlabki kunida boks bo‘yicha -60 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan Xurshid Tojiboyev saralash bosqichida qatarlik Hakan Ereskerni mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi. Bu haqda “Stadion.uz” xabar qilmoqda.
O‘zbekistonlik bokschi uch raund davomida katta ustunlikka ega bo‘lib, raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Har uchala hakam ustunlikni Tojiboyevga berdi — 30:25, 30:27, 30:27.
Nimchorak finalda Xurshid Tojiboyev buyuk britaniyalik Yozef Kordinaga qarshi ringga ko‘tariladi.
Izoh (0)