O‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina Rio–2016 Olimpiada o‘yinlaridan so‘ng professional faoliyatini yakunlashi mumkinligini aytdi, deb xabar bermoqda “Sport-Ekspress”.
“Men bu sport turini yaxshi ko‘raman. Mashg‘ulot o‘tash va musobaqalarga tayyorlanish menga yoqadi. Maqsadim — Rio–2016 Olimpiadasining finaliga chiqish. Ushbu Olimpiadadan so‘ng faoliyatimni yakunlasam kerak”, – deb Chusovitinaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi “Sinxua”.
Ma’lumot uchun, 41 yoshli sportchi uchun Rio–2016 o‘yinlari yettinchi Olimpiada bo‘ladi. Chusovitina 1992-yili Barselonada o‘tkazilgan Olimpiadada oltin medalni, 2008-yilda Pekinda o‘tkazilgan O‘yinlarda kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.
Izoh (0)