15-iyun kuni sodir bo‘lgan harbiy to‘ntarishga urinish chog‘ida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning samolyoti F-16 qiruvchisi tomonidan urib tushirilishiga bir baxya qolgan edi. Bu haqda Turkiya matbuotida xabar qilinmoqda, deb yozadi “Vedomosti”.
Jumladan, Hurriyet nashri Yeni Safak gazetasiga tayanib ushbu axborotni tarqatmoqda, u esa, o‘z navbatida, hukumatiga manbalariga iqtibos keltirmoqda.
Aytilishicha, 15-iyul tunida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqqa murojaat qilganidan so‘ng Erdo‘g‘on Marmarisdagi mehmonxonadan chiqib, Dalamandagi harbiy-havo kuchlari bazasiga yo‘l olgan. U yerdan, o‘z navbatida, davlat rahbari prezident aviaotryadining Gulfstream samolyotida Istanbulga uchishi lozim edi.
Parvoz qat’iy sir tutilgan edi — navigatsion olovlar o‘chirilgan, reys maxfiyligi ta’minlangan edi. Qo‘lga tushish ehtimolini pasaytirish uchun prezident samolyoti to‘g‘ridan-to‘g‘ri Istanbulga uchmay, Egey dengizi bo‘yidan, Izmir orqali uchgan.Shunga qaramay, isyonchilarning F-16 qiruvchilari ta’qibiga uchragan prezident samolyoti ulardan qochish uchun Bandirma ustida yarim soat aylanishiga to‘g‘ri kelgan. Qiruvchilardan biri prezident bortini tanib, uni tutib qolishga harakat ham qilgan. Ammo nishon raketalar zarbi radiusiga kirgan paytda F-16 ning yoqilg‘isi tugay boshlagan va uchuvchi orqaga qaytishga qaror qilgan.
Ikkita F-16 Erdo‘g‘on o‘tirgan samolyotni nishonga olib turgani haqida ilgariroq Reuters yozgan edi. Uning versiyasiga ko‘ra, Gulstream’ni prezidentga sodiq kuchlarning ikki qiruvchisi kuzatib borgan.
Izoh (0)