Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi yozgi qabuli doirasida “O‘zbekistonga tashrif buyurishga 10 sabab” kitobining prezentatsiyasi o‘tkazildi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

Foto: UzDaily

Foto: UzDaily

O‘zbekistonning turistik va gastronomik salohiyatini namoyon etishga qaratilgan tadbirga 130 dan ortiq mehmon tashrif buyurgan bo‘lib, ular orasida parlamentariylar, idoralar va biznes jamoalari vakillari, madaniyat va san’at ahli, jamoat tashkilotlari rahbarlari va OAV xodimlari bor edi.

Mehmonlarga palov tayyorlash bo‘yicha mahorat darsida ishtirok etish, an’anaviy kuylarni tinglash, milliy taomlardan totib ko‘rish, multimediya ko‘rgazmasi va filmlarni tomosha qilish taklif etildi. Shuningdek, qabul doirasida O‘zbekiston haqidagi ikkita yangi kitobni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bular — yozuvchi Karolin Erdenning “Samarqand: Markaziy Osiyo taomnomalari kolleksiyasi” va Dinara&Co. xalqaro jamoasining “O‘zbekistonga tashrif buyurishga 10 sabab” kolleksion nashri.

304 sahifali kitob zamonaviy O‘zbekistonning eng yaxshi fotosuratlarini o‘zida jamlagan. Kitobda loyiha uchun maxsus tayyorlangan fotosetlar hamda oxirgi 15 yillik arxiv kadrlarini ko‘rish mumkin.

Yaqin vaqtda xalqaro onlayn do‘konlar sahifalarida, nufuzli kutubxonalarda hamda Buyuk Britaniya kitob do‘konlarida nashrning relizi berilishi kutilmoqda. Kitob nusxalari Britaniya kutubxonasiga, Viktoriya va Albert nomidagi qirollik kutubxonasiga sovg‘a qilindi, shuningdek, Bukingem saroyiga yuborildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 29-may kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi
Sport
Lionel Messi Ronalduning rekordini yangiladi
Mahalliy
Qarshidagi kafelarning birida yong‘in sodir bo‘ldi