Somalida jinoyat qidiruv boshqarmasiga uyushtirilgan hujumda 5 kishi halok bo‘ldi
Somali poytaxti Mogadishodagi jinoyat qidiruv boshqarmasiga uyushtirilgan hujum oqibatida besh kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Ikkita minalashtirilgan avtomobil bino darvozasi oldida portlatib yuborildi, shundan so‘ng qurolli shaxslar bino ichiga kirib, o‘t ochdi.
Hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga “ash-Shabob” guruhi oldi. Politsiya ma’lumotlariga qaraganda, to‘rt nafar jangari yo‘q qilindi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar