Florida shtatining Zika virusi qayd etilgan to‘rt nafar fuqarosi Mayamidan shimolda joylashgan kichikroq hududga tashrif buyurgandan so‘ng virusni yuqtirib olgan bo‘lishi mumkin. Bu taxminni Orlandodagi matbuot konferensiyasida Florida gubernatori Rik Skott ilgari surdi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Uning so‘zlariga qaraganda, Floridada Zika virusini yuqtirib olish AQShning kontinental qismida virusning tarqalishi bilan bog‘liq birinchi holat hisoblanadi.
Associated Press agentligining qayd etishicha, Floridada shifokorlar ushbu virusni yuqtirib olish bilan bog‘liq jami 96 ta holatni qayd etgan. Butun AQSh bo‘yicha esa 1 650 nafardan ortiq bemor hisobga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Florida shtati rasmiylari Zika virusini yuqtirib olish holati yuzasidan surishtiruv olib borayotganligi haqida ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)