O‘zbekistonlik bokschi Ruslan Chagayev boksdagi karyerasini yakunlagani haqida uning rafiqasi Viktoriya Chagayeva ham aytib o‘tdi. Bu haqda “Olamsport” xabar berdi.
“Shukrki, turmush o‘rtog‘imning sog‘ligi joyida. Shunchaki u faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Ruslan sevimli kasbidan ketish vaqti yetgani haqida aytdi. Endi ringga qaytmoqchi emas”, — dedi Viktoriya.
WBA yo‘nalishi bo‘yicha sobiq jahon chempioni Lukas Braunga qarshi jangdan keyinroq faoliyatini yakunlashga qaror qilgani oydinlashdi: — “Ruslan Braun bilan jangdan keyinoq ringdan ketishini aytgandi. U boksdan charchadi”, — deb aytib o‘tgan uning 37 yoshli rafiqasi Viktoriya.
Izoh (0)