Kelajakka yetib kelganimizni isbotlovchi 7 ta ixtiro (foto)
Fantastik filmlarni ko‘rib o‘tirib, g‘aroyib ixtiroga ko‘zi tushganida, “Qani endi shu narsa menda paydo bo‘lib qolsa!” — deb o‘ylamagan kishi bo‘lmasa kerak. Ammo bunday ishonib bo‘lmas darajada zo‘r kelajak devayslarining ko‘pchiligi allaqachon mavjud. AdMe sizni hayratlantirishi aniq bo‘lgan 7 ta ixtironi keltirib o‘tdi.
Barmoqlardagi chizg‘ich (lineyka)
Foto: AdMeUshbu ixtiro istagan buyumingizning qalinligi yoki kengligini soniyalar ichida ko‘rsatib beradi.
Internetsiz messenjer
Foto: AdMegoTenna gadjeti xabarlarni xuddi shunday qurilmalarga internetsiz jo‘nata oladi.
“Skanerla va chiz” ruchkasi
Foto: AdMeHar qanday rangda chiza oladigan ushbu ruchka o‘zi tekkizilgan buyumning rangidan nusxa oladi va uni qog‘ozda takrorlaydi.
Itlar tarjimoni
Foto: AdMeNo More Woof — itlarga odamlar bilan muloqot qilishda yordam beradigan ixtiro. Uning yordamida itlar ochiqqanligi yoki sayrga chiqishni istashini bildirishi mumkin.
Qorong‘ilikda nur taratadigan o‘simlik
Foto: AdMeOlimlar nurlanadigan bakteriyalar genlari yig‘indisidan foydalanib, tamaki o‘simligini batareya va quyoshsiz nur socha oladigan qildi.
Cho‘ntak mini-printeri
Foto: AdMeIsroilning ZUtA Labs kompaniyasi mini-printerni ishlab chiqdi, uni boshqarish uchun faqat smartfon kerak bo‘ladi, xolos.
O‘qiydigan uzuk
Foto: AdMe
FingerReader uzugi matnni skanerlash, ovoz chiqarib o‘qish va tarjima qilishga qodir. Qurilma ko‘zi bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan kishilarga mo‘ljallangan: o‘qish uchun barmoq bilan so‘zni ko‘rsatish kifoya. O‘quvchi matndan uzoqlashganda, uzuk tebrana boshlaydi.