Kataloniya muxtor viloyati parlamenti Ispaniya tarkibidan chiqish rejasini ma’qulladi. Bu haqda, El Mundo nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Tashabbusni “Birga ‘Ha’” va “Xalq birdamligi uchun” partiyalari koalitsiyasi qo‘llab-quvvatladi. Ushbu ayirmachi koalitsiya parlamentda ko‘pchilikni tashkil etadi.
Reja viloyat mustaqilligi yuzasidan bir tomonlama referendum o‘tkazishni nazarda tutadi.
Ispaniya shimoli-sharqidagi Kataloniya muxtor viloyati ko‘pdan buyon mamlakat tarkibidan ajralib chiqishga urinib kelmoqda. Oxirgi paytlarda viloyatda ayirmachilik kayfiyatlari ancha kuchaygani qayd qilinmoqda.
Izoh (0)