Madagaskardagi shaxsiy uylardan birida kelib chiqqan yong‘in oqibatida 38 kishi, jumladan, 16 bola halok bo‘ldi. Bu haqda, AFP’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Voqea dam olish kunlari mamlakat markazidagi qishloqlardan birida yangi uyga ko‘chib o‘tish nishonlanayotgan paytda yuz bergan. Uyda 39 kishi istiqomat qilib, ulardan faqat bir kishi omon qolgan.
Izoh (0)