Afg‘oniston poytaxti Kobul shahri markazidagi hukumat dahasida joylashgan bo‘sh qolgan maktab binosiga 24-iyul, yakshanba kuni raketa borib tushdi, hech kim jabrlanmadi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Raketaning portlashi oqibatida 23-iyul, shanba kuni yuz bergan teraktdan so‘ng chet el elchixonalarida yuqori tayyorgarlik rejimiga keltirilgan signalizatsiyalar ishlab ketdi.
Afg‘oniston IIVning ma’lumotlariga ko‘ra, 23-iyul kuni bo‘lib o‘tgan terakt oqibatida 80 kishi halok bo‘ldi. Yana 231 nafari yaralandi. Teraktda halok bo‘lganlar xotirasiga motam e’lon qilindi.
Izoh (0)