100 metr masofaga to‘siqlar osha sakrash bo‘yicha jahon rekordini yangilagan amerikalik Kendra Xarisson bu natijasi Rio-de-Janeyro Olimpiadasidan chetda qolib ketgani uchun qasos ekanligini ta’kidladi.
“TASS”ning Reuters’ga tayanib ma’lumot berishicha, Kendra Xarisson Rio—2016 uchun AQShda bo‘lib o‘tgan saralash musobaqasida muvaffaqiyatsiz ishtirok etib, Olimpiada yo‘llanmasidan quruq qolgandi.
Shundan keyin ham o‘z ustida ishlashdan to‘xtamagan sportchi Londondagi Brilliant Ligada ishtirok etib, dunyo rekordini yangiladi. Musobaqaning 10-bosqichida Xarisson 12,20 soniyalik natija ko‘rsatdi. Bunga qadar rekord 28 yil davomida yangilanmagan bo‘lib, bolgariyalik Yordanka Donkova 12,21 soniya natija ko‘rsatgandi.
“Men bu qizlardan nimalarga qodir ekanligimni ko‘rsatib qo‘yish orqali o‘ch oldim”, — dedi Xarisson. “Olimpiadadan qolib ketganim menga katta zarba bo‘lgandi. O‘zimga kelib olishimning yagona yo‘li sportga qaytishim va jahon rekordini yangilashim ekanligini bilardim”.
Sportchi endi 400 metr masofaga to‘siqlar osha yugirishda ham jahon rekordini o‘rnatmoqchi ekanini ma’lum qilgan.
Izoh (0)