Madridning “Real” futbol klubi Ispaniya jamoalari orasida transfer bozoriga pul sarflash bo‘yicha kuchli uchlikka ham kira olmadi.
“Stadion” nashrining “Sport-ekspress”ga asoslanib ma’lumot berishicha, bu borada “Atletiko”, “Valensiya” va “Barselona” jamoalari 2015-yildan buyon “Real”dan ko‘proq chiqim qilgan.
“Atletiko” yangi futbolchilarni jamoaga qo‘shib olish uchun shu vaqt davomida 184 million xarjladi, “Valensiya”da bu ko‘rsatkich 153 millionni, “Barselona” esa 130 millionni tashkil qildi.
Madridning “Real” klubi 1 yil ichida 115 millionlik ko‘rsatkich qayd etib, boshqa ligalar bilan o‘lchaganda Xitoyning “Syanszu Sunin” klubidan ham ortda qolib ketdi.
Izoh (0)