Meksika hukumati “Beltran Leyva” narkokartelida tashkil topgan hamda qotillar guruhini shakllantirishda tashkilotchilaridan biri bo‘lgan “Russkiy” laqabli shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda Quadratin portaliga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchi Akapulko port shahrida qo‘lga olindi. U jinoiy guruh faoliyatiga aloqadorlikda hamda shaxslarga qarshi jinoyatlar bo‘yicha ayblanmoqda. “Russkiy” bilan birgalikda yana besh kishi qo‘lga olindi. Politsiya xodimlari ulardan qurol va giyohvand moddalarni musodara qildi.
Qayd etish joiz, “Beltran Leyva” narkokartelining “Barbi” laqabli avvalgi yetakchisi Edgar Valdes 2015-yilda Meksika hukumati tomonidan AQShga ekstraditsiya qilingandi.
Izoh (0)